Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chilida 111 yoshli ayol koronavirusdan tuzaldi

Chilida 111 yoshli ayol koronavirusdan tuzaldi

Foto: «News.myseldon.com»

Chililik ayol 111 yoshida koronavirusdan sog‘ayishga muvaffaq bo‘ldi, deya xabar berdi mahalliy «24Horas» telekanali.

Xuanita ismli ayol Santyago provinsiyasi Nunoa kommunasi «Hogar Italiano» qariyalar uyida istiqomat qiladi. Ehtiyot choralariga qaramay, 12-aprel kuni undagi COVID-19 ga tahlil natijalari musbat chiqdi.

OAV xabariga ko‘ra, kasallikni yuqtirgunga qadar Xuanitada respiratorli muammolar kuzatilgan, shunga qaramay, u infeksiyani yengishga muvaffaq bo‘ldi. Iyul oyida u 112 yoshini nishonlashni rejalashtirmoqda.

Avval Ispaniyaning eng keksa fuqarosi — 113 yoshli Mariya Branias ham COVID-19 dan tuzalishga muvaffaq bo‘lgani ma’lum qilingandi.

Chilida koronavirusni yuqtirganlar soni qariyb 78 mingni tashkil etadi, 806 kishi tuzaldi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring