Chegaralar yopildi. Chet elda bo‘lib turgan hamyurtlarimiz O‘zbekistonga qayta oladimi?
![Chegaralar yopildi. Chet elda bo‘lib turgan hamyurtlarimiz O‘zbekistonga qayta oladimi?](https://static.xabaruz.com/crop/3/5/720_460_95_3596758386.png)
Bugun Bosh vazir Abdulla Aripov tomonidan o‘tkazilgan brifingda xorij bilan avto va aviayo‘nalishlar yopilgani haqida xabar berilgan edi. Bunday holatda xorijda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolarining vatanga qaytishi haqida tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.
«Respublika maxsus komissiyasi tomonidan qabul qilingan koronavirus tarqalishining oldini olish bo‘yicha vaqtincha cheklov choralari munosabati bilan O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi quyidagilarni ma’lum qiladi.
Xorijdagi O‘zbekiston fuqarolariga vatanga qaytish uchun davlat chegarasidan o‘tish taqiqlanmaydi. O‘zbekiston hududiga kirishga qo‘yilgan cheklovlar, avvalambor, boshqa davlatlarning fuqarolariga tegishli.
Shu bilan birga, davlatdan tashqariga chiqish bo‘yicha vaqtincha taqiq O‘zbekiston fuqarolariga tegishli bo‘lib, hozirda mamlakatimizda bo‘lib turgan xorijiy fuqarolarga nisbatan qo‘llanilmaydi», — deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter