Chaqaloq koronavirusga qalqon bilan tug‘ildi
Singapurlik shifokorlar yangi tug‘ilgan chaqaloqda koronavirusga antitanacha borligini aniqlashdi. Bu haqda 29-noyabr kuni mahalliy «Straits Times» gazetasi xabar berdi.
Nashrning ma’lum qilishicha, go‘dakning 31 yoshli onasi homiladorlikning o‘ninchi haftasida koronavirusga topshirgan test tahlillari musbat chiqdi. Xastalik yengil ko‘rinishda o‘tgan va ikki yarim haftadan so‘ng ayolga shifoxonadan ruxsat berilgan.
Noyabr oyida u o‘g‘lini dunyoga keltirdi. Unda COVID-19 chiqmadi, lekin koronavirusga antitanacha topildi. Shifokorlar «qalqon»ning ayoldan bolaga o‘tganini ma’lum qilishdi. Negaki, onaning o‘zida COVID-19ga antitanacha g‘oyib bo‘lgandi.
Ta’kidlanishicha, bunday holat Singapurda birinchi marta kuzatilmayapti. Negaki, aprel oyida ham 36-haftada koronavirusni yuqtirib olgan mahalliy fuqaro ona bo‘lgan. Aynan o‘sha go‘dak, nashrning ma’lum qilishicha, antitanacha bilan dunyoga kelgan birinchi bola bo‘lishi mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter