Buxoroda yashirincha faoliyat ko‘rsatayotgan kafe egasiga chora ko‘rildi
Buxoro viloyati, G‘ijduvon tumanidagi «Sardor» MFYda joylashgan kafe egasi karantin qoidalarini buzgan holda mijozlarga xizmat ko‘rsatayotgani aniqlandi.
Bu haqda «Xabar.uz»ga shu hudud profilaktika inspektori J.Qurbonov ma’lum qildi. Unga ko‘ra, mahalliy fuqaro Q. Q. turmush o‘rtog‘i D.D.ning nomiga rasmiylashtirilgan kafeni yashirincha ishlatayotgani inkor etib bo‘lmas dalilar bilan isbotlangan. Natijada er-xotinga nisbatan ma’muriy huquqbuzarlikka (Epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzish) oid hujjat rasmiylashtirildi.
Ularning «ishi» hademay sudda ko‘riladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter