Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bugunning ilk xushxabari Namangandan bo‘ldi

Bugunning ilk xushxabari Namangandan bo‘ldi

Foto: Namangan viloyati hokimligi

Namangan viloyatida 17 nafar bemor to‘liq sog‘aydi. Ular viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi mas’ullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berdi.

Shifo topganlarning barchasi koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan.  Ulardan 8 nafari erkak, 9 nafari ayollardir. Bemorlarning barchasi Namangan viloyatidan (7 nafari Namangan shahridan, 5 – Uychi tumanidan, 4 – Namangan tumanidan, 1 nafari esa Yangiqo‘rg‘on tumanidan). Ular orasida eng yoshi kattasi 53 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 6 yoshda.

Namangan viloyati bo‘yicha shu paytga qadar 72 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 89 nafarga yetdi.

Hozirda mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan sog‘aygan bemorlar 1229 nafarni tashkil etmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring