Bugundan maktablarda faqat rahbarlardan biri va qorovul bo‘lsa yetarli — Vazir

Bugundan, ya’ni 24 martdan, maktablarda faqat rahbarlaridan biri (direktor yoki o‘rinbosari) va qorovullar ish joyida bo‘lsa yetarli. Bu haqda Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov o‘z kanalida ma’lum qilib o‘tdi.
Avval xabar berilganidek, ishda qolayotgan boshqa o‘rinbosarlar, psixolog, yoshlar yetakchisi o‘z ishlarini masofadan turib bajarishga o‘tadilar yoki o‘z xohishlariga ko‘ra ta’tilga chiqadilar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter