Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bugun O‘zbekistonda 81 kishi koronavirusdan tuzaldi

Bugun O‘zbekistonda 81 kishi koronavirusdan tuzaldi

Foto:«Xabar.uz»

Sog‘liqni saqlash vazirligi 28-iyun sanasida tuzalgan bemorlar xususida ma’lumot berdi. 

Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida 62 nafar, Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasida 5 nafar, Qashqadaryo viloyatida 14 nafar, jami 81 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘ayib, o‘z uyiga kuzatildi.

Shunday qilib, ayni paytgacha Toshkent shahri va viloyatida sog‘ayganlar soni 3119 nafarga yetdi.

Qashqadaryo viloyatida esa karonavirus infeksiyasidan forig‘ bo‘lganlar soni 56 nafarni tashkil qilmoqda.

Hozirda mamlakatimiz bo‘ylab sog‘ayganlar soni 5329 nafarni tashkil etmoqda. Endilikda shifokorlarimiz yurtimizning turli hududlarida 2463 nafar bemorni belgilangan standartlar asosida davolamoqdalar.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring