Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bugun aholi orasidan kasallik chiqishi kam bo‘ldi

Bugun aholi orasidan kasallik chiqishi kam bo‘ldi

Foto: SSV matbuot xizmati

Bugun kasalliga tasdiqlangan 51 nafar bemorning 36 nafari (70 foizi) xorijdan kelib, karantinga olingan fuqarolar bo‘lsa, qolgan 15 nafari esa karantin muassasalari hamda aholi orasidan aniqlangan. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar berdi.

Ayni paytda 3215 nafar kasallikka chalingan bemorlardan 2607 nafari (81 foizi) butunlay sog‘aydi.

Hozirda esa yurtimizning 7 hududidagi davolash muassasalarida 595 nafar bemor davolanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, kecha kasalligi tasdiqlangan 49 nafar bemorning 36 nafari aholi orasidan aniqlangani xabar qilingandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring