Jizzax koronavirus yuqtirishda yetakchi viloyatga aylandi
2020-yil 5-oktyabr soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 58 859 (+172) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining:
38 nafari Jizzax viloyatida,
34 nafari Toshkent shahrida,
30 nafari Toshkent viloyatida,
24 nafari Buxoro viloyatida,
14 nafari Andijon viloyatida,
11 nafari Samarqand viloyatida,
10 nafari Surxondaryo viloyatida,
6 nafari Qashqadaryo viloyatida,
5 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida tana harorati ko‘tarilganligi hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shu bilan birga, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
Ayni paytda yurtimizda 55 318 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (94 foiz) sog‘aygan.
Hozirda mamlakatimizda 3 058 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter