Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bu hali holva: deltadan ham xavfliroq shtamm paydo bo‘lishi mumkin

Bu hali holva: deltadan ham xavfliroq shtamm paydo bo‘lishi mumkin

Foto: «Profile»

Sayyoramiz ahli kechayotgan kurashda yengishning uddasidan chiqmagan koronavirus pandemiyasi butun dunyo uchun sinovdir. Bugungi kunda zabtiga olgan COVID-19ning eng xavfli turi — delta o‘rniga bundan ham battarrog‘i kelishi ehtimolda yo‘q emas. Tokioda Xalqaro olimpiya qo‘mitasining 21-iyul kuni bo‘lib o‘tgan 138-sessiyasida so‘z olgan Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti rahbari JSST rahbari Tedros Adanom Gebreyesus ana shularni ta’kidlaganini yozmoqda «Profile».

«Hozir eng ko‘p ziyon «delta» nomli mutatsiyadan yetmoqda. Biroq koronavirus infeksiyasi tarqalishi shu zaylda ketsa, uning turlari ham ko‘payib boradi, eng yomoni, ana shu shtammlardan biriga vaksinalar kor qilmasligi mumkin. Va insoniyat yana COVID-19 pandemiyasining ibtidosiga qaytishi, hammasi boshqatdan boshlanishi mumkin», — dedi JSST rahbari.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, Tokio Olimpiadasi yakuniga yetadigan 8 avgustgacha jahonda 100 mingdan ziyod inson koronavirus oqibatida vafot etadi, ta’kidladi Gebreyesus. Pandemiyani to‘xtatish va iqtisodiyotni tiklashning yo‘li faqat vaksinatsiya, har bir davlat aholisining 70 foizi emlanishi shart, dedi u. Agarda har bir mamlakat bu ishga jiddiy kirishsa ushbu 70 foizlik ko‘rsatkichga kelgusi yilning o‘rtalariga borib erishish mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring