Bu bizga qo‘l kelishi mumkin: olimlar koronavirusdan eng yaxshi himoyalovchi matoni aniqlashdi
Kanadaning Jamoat salomatligi agentligi hamda Manitoba universiteti olimlari yuz foiz paxtadan iborat mato insonni koronavirusdan eng yaxshi himoyalashini isbotlashdi: bu matoga tushgan koronavirus bir sutkaga qolmay halok bo‘ladi.
Shundan kelib chiqib, ekspertlar himoya niqoblarini paxta matodan tayyorlagan ma’qul, degan to‘xtamga kelishdi. Atigi uch qavatli paxta matosining himoya kuchi professional jarrohlik kiyiminiki bilan bir xil.
«Paxtadan tayyorlangan kiyimni shkafga qo‘yib qo‘ysangiz — shartli ravishda bir sutkadan so‘ng u butunlay xavfsiz holatga keladi. Pandemiya xavfi sharoitida koronavirus qanday muhitda nobud bo‘lishini bilish ham o‘ta muhim», — «Izvestiya» MFTI aholi salomatligi va sog‘liqni saqlashni raqamlashtirish ko‘rsatkichlarini tahlillash laboratoriyasi boshlig‘i o‘rinbosari Stanislav Otstavnovdan ana shunday iqtibos keltirmoqda.
Paxta matosining koronavirusga qarshi kurashuvchanlik xususiyati kasallik tarqalishiga sababchi bo‘luvchi respirator tomchilarini yaxshi ushlab qolishida o‘z ifodasini topgan.
Darvoqe, Surxondaryoda paxta ochilibdi...
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter