Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Britaniyada koronavirus tufayli 107 nafar tibbiyot xodimi vafot etdi

Britaniyada koronavirus tufayli 107 nafar tibbiyot xodimi vafot etdi

Foto: «Nv.ua»

Buyuk Britaniyada 136 nafar tibbiyot va ijtimoiy xizmat xodimi COVID-19 qurboniga aylandi, deya ma’lum qildi mamlakat bosh vaziri Boris Jonson.

«Men 107 nafar Milliy sog‘liqni saqlash xizmati xodimi va 29 nafar ijtimoiy xizmat xodimining xotirasini yod etishni xohlayman», — dedi Jonson parlamentdagi sessiyada.

Yaqinda COVID-19 dan tuzalgan bosh vazir har bir insonning o‘limi fojia ekanligini alohida ta’kidlab o‘tdi.

«RIA Novosti»ning xabariga ko‘ra, ayni vaqtda Buyuk Britaniyada koronavirusdan vafot etganlar soni 30 ming, kasallikni yuqtirganlar esa 200 ming kishiga yaqinlashib qoldi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring