«Britancha» shtamm yuqtirgan ayrim bolalarda kasallik og‘ir o‘tyapti — Zangiota shifoxonasi direktori
Yurtimizdagi epidemiologik vaziyat o‘zgarishi ortidan kasallanish holatlari ortmoqda.
SSV Matbuot xizmati Zangiota tumanidagi 1-son yuqumli kasalliklar shifoxonasi direktori Anvar Husanov ayrim muhim mavzularda savol yo‘lladi.
— Shifoxonada homilador ayol va bolalar uchun nechta o‘rin tashkil qilingan va hozirda qancha homilador ayol va bolalar davolanmoqda?
— Bugungi kunda koronavirus infeksiyasining mutatsiyalarga uchrashi va uning ko‘plab shtammlari aniqlanayotgani pandemik vaziyatni yanada chigallashtirmoqda. Xususan, kasallikning «britancha» shtammi bolalarda ham ko‘p kuzatilib, ayrimlarda esa kasallik og‘ir o‘tmoqda.
Yurtimizda ham joriy yil boshidan bolalar o‘rtasida kasallik qayd etila boshlagach, Zangiota 1-son yuqumli kasalliklar shifoxonasida ular uchun alohida o‘rinlar ajratildi. Jumladan, ayni paytda markazda 162 nafar 18 yoshgacha bo‘lgan bola davolanmoqda.
Shuningdek, muassasada homilador ayollar uchun 158 o‘rinli tug‘ruq kompleksi bo‘lib, shundan homiladorlar patologiyasi bo‘limi 146 ta, reanimatsiya bo‘limi 12 ta o‘ringa mo‘ljallangan. Shu bilan birga, 30 o‘rin chaqaloqlar va 6 o‘rin reanimatsiya bo‘limiga ajratilgan. Hozirgi kunda markazda 138 nafar homilador ayol va 15 nafar chaqaloq davolanmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter