Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Boylar va kambag‘allarga boshqa-boshqa vaksinalar berilmayapti — Munir Mamedzade

Boylar va kambag‘allarga boshqa-boshqa vaksinalar berilmayapti — Munir Mamedzade

AOKAda «O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat, vaksinatsiya jarayonlariga tayyorgarlik» mavzusida matbuot anjumani tashkil etilgani haqida xabar bergandik.

Unda YuNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Munir Mamedzade vaksinalarning davlatlarga tarqatilishi holati haqida ma’lumot berdi.

«Shu kungacha jahon miqyosda 28 million doza vaksina tarqatildi. Ularning aksariyati Koreya va Hindistonda ishlab chiqarilgan. Global dastur doirasida 190 ta mamlakat qamrab olingan. Ushbu 190 davlat ichidan 98 tasi o‘zlari buyurtma berib olmoqda. Boylar boshqa vaksina, kambag‘allar esa boshqa vaksina olyapti degan ma’lumotlar yolg‘on.

Bugun O‘zbekistonga COVID-19 ga qarshi vaksina keltirilgani — butun dunyoda vaksinalarni odilona taqsimlashga erishish yo‘lidagi tarixiy qadam deyish mumkin. Ularga teng ega bo‘lish pandemiyani to‘xtatishda o‘ta muhim, shu bois vaksinalarga hamma ega bo‘lishini ta’minlashimiz zarur», — dedi Munir Mamedzade.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring