Bosh prokurorning sobiq o‘rinbosari koronavirusdan vafot etdi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining sobiq o‘rinbosari Hakimboy Halimov 66 yoshida omonatini topshirdi.
U koronavirusda vafot etgani aytilmoqda.
Qoraqalpog‘iston prokuratura organlarida samarali mehnat qilgan H. Halimov bir necha yil Bosh prokuror o‘rinbosari lavozimida ham ishlagan. Faoliyati davomida 3-darajali Davlat aldiya maslahatchisi (general mayor) rutbasiga munosib ko‘rilgan H. Halimov 2017-yildan — 2019-yilgacha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qoraqalpog‘istondagi Xalq qabulxonasi mudiri vazifasini ado etgan.
2019 yildan Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasida bo‘lim boshlig‘i bo‘lib ishlab kelayotgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter