Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bolalar bog‘chalari faoliyatiga cheklov o‘z kuchida qoladi

Bolalar bog‘chalari faoliyatiga cheklov o‘z kuchida qoladi

Maktabgacha ta’lim vazirligi xabariga ko‘ra, koronavirusga qarshi kurash Respublika Maxsus komissiyasining joriy yil 8 maydagi alohida hududlarda karantin choralarini yumshatish haqidagi qaroriga qaramay, xavfsizlikni ta’minlash maqsadida ta’lim muassasalari va o‘quv kurslari, shu jumladan davlat, xususiy, oilaviy, davlat-xususiy sheriklik asosidagi MTTlar faoliyatiga cheklov o‘z kuchida qoladi.

Ushbu cheklov choralarini uzaytirishdan maqsad, bolalar xavfsizligini ta’minlash va ularning salomatligini koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish xavfidan himoya qilishdir.

Karatin choralarini yumshatish bosqichma-bosqich amalga oshiriladi va bolalar tomonidan koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish xavfi to‘la bartaraf etilgan zahoti MTTlar faoliyati tiklanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring