BMT: koronavirus tufayli yuz minglab bolalarning hayoti xavf ostida qoladi
2020-yilda koronavirus pandemiyasi tufayli yuz minglab bolalarning hayoti xavf ostida qoladi, deya ma’lum qildi BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish.
Xalqaro tashkilot rahbarining izohlashicha, 2020-yil davomida global retsessiya natijasida ko‘pchilikning daromadi qisqaradi. Buning oqibatida odamlar sog‘lom ovqatlanishdan pul tejay boshlaydi. «Bu esa, ayniqsa, bolalar, homilador va emizikli ayollarga ta’sir ko‘rsatadi».
Ba’zi davlatlarda qizamiq va poliomiyelitga qarshi vaksinatsiya kampaniyalarining to‘xtatilishi yana bir muammoni keltirib chiqaradi. «Shifoxonalarning to‘lib ketganidan kasal bolalar vaqtida muolaja olmasligi mumkin», — deydi u.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter