Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bishkekda bolalar bog‘chasi xodimlarida koronavirus aniqlandi

Bishkekda bolalar bog‘chasi xodimlarida koronavirus aniqlandi

Foto: «Ainews.kz»

Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahrida bolalar bog‘chalarining olti nafar xodimida koronavirus qayd etildi, deya xabar berdi «RIA Novosti».

«Polimeraz zanjirli reaksiyali tashxislashdan o‘tganda Bishkek shahridagi maktabgacha ta’lim muassasalarining olti nafar xodimida koronavirus aniqlandi», — dedi COVID-19 ga qarshi kurash respublika shtab vakili.

Uning so‘zlariga ko‘ra, mart oyining o‘rtalarida respublikada koronavirus tarqalgani bois karantinga yopilgan bolalar bog‘chalarining ochilishiga tayyorgarlik ishlari davom etmoqda.

«Bolalar bog‘chalarining barcha xodimlari polimeraz zanjirli reaksiyali tashxislashdan o‘tkazilmoqda. Respublikadagi davlat sanitariya-epidemiologiya nazorat markazlari maktabgacha ta’lim muassasalarini bolalarni qabul qilishga tayyorlash bo‘yicha tekshiruvlarni o‘tkazmoqda, sanitariya qoidalari ishlab chiqilmoqda. Barcha sanitariya me’yorlariga muvofiq mutaxassislar tasdiqlangan algoritmlarga tegishli ravishda bolalarni qabul qilishni boshlashlari uchun ruxsat beradi», — deya ta’kidlashgan shtabda.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 11-mart kuni COVID-19 koronavirus infeksiyasi tarqalishini pandemiya deya e’lon qildi. JSST ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘yicha qariyb 7 million kishi kasallikka chalingan, 400 mingdan ortiq kishi vafot etdi. Qirg‘izistonda 2055 ta yuqtirish holati qayd etilgan, 24 kishi hayotdan ko‘z yumdi, 1483 nafar bemor tuzalib, shifoxonadan chiqarilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring