Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Birato‘la 4 ta hududda koronavirus holati aniqlandi

Birato‘la 4 ta hududda koronavirus holati aniqlandi

Foto: «News.yandex.ru»

2020-yil 2-oktyabr soat 18:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 57 646 (+192) nafarni tashkil etmoqda.

SSV xabariga ko‘ra, yangi kasallanish holatlarining 156 nafari Toshkent shahrida, 21 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida, 10 nafari Samarqand viloyatida, 5 nafari Andijon viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Bugun ayni paytga qadar Toshkent shahrida 212, Toshkent viloyatida 91, Buxoro viloyatida 20, Samarqand viloyatida 20, Andijon viloyatida 12,  Jizzax viloyatida 12,  Qoraqalpog‘iston Respublikasida 7, Surxondaryo viloyatida 5, Qashqadaryo viloyatida 4 nafar bemor tuzaldi.

Shunday qilib, yurtimizda 54 338 (+383) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar tuzaldi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 94 foizga yetdi.

Hozirda mamlakatimizda 2 834 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring