Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bir kunda 6-o‘lim: 35 yoshli yigit vafot etdi

Bir kunda 6-o‘lim: 35 yoshli yigit vafot etdi

Surxondaryo viloyati Muzrabot tumanida yashovchi 35 yoshli S.S. (erkak) joriy yil 28-iyun kuni tomog‘ida og‘riq sezgan, nafas yo‘llari yallig‘langan. Ammo hech kimga murojaat qilmay, uyida davolangan, deb xabar bermoqda SSV matbuot xizmati.

2-iyul kuni sog‘lig‘i yomonlashavergach, tuman tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan. Unda «COVID-19» tasdiqlangan va viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan. Unga «COVID-19» og‘ir kechishi tashxisi qo‘yilgan. Kasallik ikki tomonlama pnevmoniya og‘ir kechishi, o‘tkir nafas, yurak qon-tomir yetishmovchiligi asorati bilan kechgan. Shuningdek, qandli diabet, semizlik va surunkali piyelonefrit kabi hamroh kasalliklar bilan ham og‘rigan.

Shifoxonada bemorning davolanishi davomida Sog‘liqni saqlash vazirligi mutaxassislari tomonidan onlayn konsultatsiya qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.

Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin og‘irlashib, o‘tkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etgan.

Bu bugunning o‘zida O‘zbekistonda qayd etilgan 6-o‘lim holatidir (umumiy hisobda 51-o‘lim). Shunday qilib, bir kundayoq noxush rekord yangilandi, kecha koronovirusdan beshta o‘lim holati qayd etilgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring