Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bir haftada salkam 3,3 million kishi koronavirusga chalindi — JSST

Bir haftada salkam 3,3 million kishi koronavirusga chalindi — JSST

So‘nggi yetti kun davomida jahonda COVID-19 bilan kasallanganlar soni oldingi haftaga nisbatan 8 foizga oshdi. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lum qildi.

Jahon miqyosida to‘rt haftadan beri kovid bilan kasallanishlar soni tinmay o‘smoqda. Oxirgi haftada 3,3 mln.ga yaqin kasallanish holati aniqlandi, yetti kun ichida 60 ming kishi vafot etdi (oldingi haftaga nisbatan 3 foiz ko‘p), deyiladi tashkilot xabarida.

JSST epidemiologik byulleteniga ko‘ra, 15-martdan 21-martga qadar jahonda 3 291 060 nafar kovid-bemor ro‘yxatga olingan, 60 414 nafar bemor vafot etgan.

«Worldometer» ma’lumotiga ko‘ra, (24.03.2021, soat 10:30), jahonda:

  • kasallanganlar soni — 124 806 956 nafar;
  • vafot etganlar soni — 2 746 311;
  • sog‘ayganlar soni — 100 842 866.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring