Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Biolog: koronavirus bilan emlanganda organizm qarishi sekinlashadi

Biolog: koronavirus bilan emlanganda organizm qarishi sekinlashadi

COVID-19 bilan organizmning tez qarishi jarayoni emlangan odamlarda kamroq kuzatiladi. Bu haqda molekulyar biolog, Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining yetakchi ilmiy xodimi Maksim Skulachev Sputnik radiosiga bergan intervyusida aytib o‘tgan.

«Agar siz emlanmagan bo‘lsangiz va COVID-19 bilan kasal bo‘lsangiz, aslida siz keyingi o‘n yil ichida bo‘lishi kerak bo‘lgan salomatlik borasidagi barcha «sarguzashtlarni» ko‘rib bo‘lasiz. Ya’ni, qaysidir ma’noda u juda tezlashtirilgan qarishga o‘xshaydi.

COVID-19 bilan kasallangan keksalar orasida o‘lim darajasi yoshlarga qaraganda ancha yuqori, chunki ularning ko‘pchiligi keyingi o‘n yilda yashash nasib etmaydi»,— dedi u.

Shu bilan birga, mutaxassis post-kovid sindromi, garchi qarilikning kutilmagan kelishiga o‘xshasa ham, undan tuzalish mumkinligini ta’kidlagan. «COVID-19 va post-kovid davrida odam o‘zini yomon his qiladi, ammo keyin hamma narsa ko‘proq yoki kamroq darajada normal biologik yoshga qaytadi. Aytishga hali erta, ammo agar siz tuzalib ketsangiz, tezlashgan qarish teskari bo‘ladi, deb ishonishga asos bor», —deya ta’kidlagan ekspert.

Biologning qo‘shimcha qilishicha, COVID-19 bilan organizmning tez qarish jarayoni emlangan odamlarda kamroq kuzatiladi. Buning sababi shundaki, bunday bemorlarda kasallik yengil o‘tadi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring