Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Biolog koronavirus pandemiyasining to‘xtash shartini aytdi

Biolog koronavirus pandemiyasining to‘xtash shartini aytdi

Foto: «News.liga.net»

Biologiya fanlari doktori, GMU tizimli biologiya maktabi (AQSh) professori Ancha Baranova «RIA Novosti»ga yangi koronavirus epidemiyasi to‘xtashi ikki omilga bog‘liqligini so‘zlab berdi.

Uning aytishicha, birinchi omil — virusning evolyusiya jarayoni.

«Bilamizki, virus yangi egasida zaiflashadi. Odam esa virusning yangi egasi hisoblanadi. Biz buni boshqa viruslarda, jumladan, koronaviruslarda ham kuzatdik. Ko‘rshapalak virusi odamga o‘tdi, odamdan odamga o‘tganda virus mutatsiyaga uchraydi va bu odatda virusni zaiflashtiradi. Virus odam bilan birga yashashi uchun virus koevolyusiyasi yuz beradi. Mazkur virus hozir bizga moslashyapti. Bu qancha vaqt davom etishi noma’lum», — deydi Baranova.

Uning fikricha, ikkinchi omil — odamlarda immunitet paydo bo‘lishi, ya’ni tabiiy vaksinatsiya jarayoni.

Baranovaning izohlashicha, aholining taxminan 70 foizi koronavirus bilan kasallansa, virusga qarshi kurasha oladigan antitanachalarga ega odamlar qatlami vujudga keladi. Bunday vaziyatda kasallik yuqishi unchalik ommaviy bo‘lmaydi — hammada immunitet shakllanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring