Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Uchta hududda aholi orasida koronavirus aniqlandi. Bemorlarning umumiy soni 4547 nafarga yetdi

Uchta hududda aholi orasida koronavirus aniqlandi. Bemorlarning umumiy soni 4547 nafarga yetdi

Illyustrativ foto

2020 yil 10 iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 4547 (+27) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qildi.

Yangi kasallanish holatlarining 21 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 6 holatda esa (Toshkent shahri 1, Qashqadaryo viloyati 1, Toshkent viloyati 4) aholi orasida aniqlandi.

Ayni paytda yurtimizda 3459 nafar bemor sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 76 foizni tashkil etmokda.

Hozirda mamlakatimizda 1070 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 8 nafari og‘ir, 1 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring