Koronavirusga chalingan bemorlar soni ma’lum qilindi
2020-yil 17-aprel soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 1380 nafarni tashkil qilmoqda. Bu haqda SSV xabar berdi.
Kecha, 16-aprel soat 10:00 holatiga ko‘ra koronavirusga uchraganlar soni 1349 nafarga yetgani xabar qilingandi. Demak, o‘tgan vaqt mobaynida yana 31 ta yangi holat aniqlangan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda hozirga qadar 129 nafar bemor sog‘aygan, 4 nafari esa vafot etgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter