Bemorlar soni viloyatlar kesimida ma’lum qilindi
Avval xabar qilganimizdek, ayni paytda koronavirus infeksiyasi qayd etilgan holatlar soni 390 nafarni tashkil etmoqda. Bemorlarning 188 nafari erkak, 202 nafari ayollardir. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berdi.
Yosh jihatdan:
0-9 yoshgacha – 10 nafar (2,6%);
10-19 yoshgacha – 15 nafar (3,8%);
20-29 yoshgacha – 59 nafar (15,1%);
30-39 yoshgacha – 111 nafar (28,5%);
40-49 yoshgacha – 123 nafar (31,5%);
50-59 yoshgacha – 48 nafar (12,3%);
60-69 yoshgacha – 17 (4,4%);
70-79 yoshgacha – 6 (1,5%);
80 yoshdan yuqori bo‘lganlar 1 nafar (0,3%)ni tashkil etmoqda.
Ayni paytda Toshkent shahrida 170 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor davolanmoqda. Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2, Andijon viloyatida 61, Buxoro viloyatida 19, Namangan viloyatida 48, Farg‘ona viloyatida 64, Xorazm viloyatida 18, Qashqadaryo viloyatida 6 hamda Navoiy viloyatida 2 nafar bemor hududdagi yuqumli kasalliklarga ixtisoslashgan shifoxonalarda davolanishmoqda. Bemorlarga tibbiyot xodimlari tomonidan xalqaro standartlar asosida davo muolajalari olib borilmoqda.
Bemorlarning 31 nafarida pnevmoniya kuzatilmoqda. 9 nafarining ahvoli og‘ir, undan 2 nafarining ahvoli esa o‘ta og‘ir deb baholanmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter