Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Dunyoning eng kuchli odami» koviddan vafot etdi

«Dunyoning eng kuchli odami» koviddan vafot etdi

Kikboksing bo‘yicha bir necha karra jahon chempioni 41 yoshli Frederik Sinistra koronavirus asoratlari tufayli vafot etdi, deya xabar bermoqda The Sun.

Noyabr oyida Sinistra sog‘lig‘ida muammolarga duch keladi va shifokorlarga murojaat qiladi.

Kasalxonada Sinistra sun’iy nafas olish apparatiga ulangan, ammo keyin o‘zini yaxshi his qilgani uchun shifoxonani tark etgan.

Kikbokschi kasalxonadan chiqqanidan so‘ng uyda davolanishni davom ettirdi, biroq bir necha kundan keyin uning yurak urishi to‘xtab, vafot etdi.

Belgiyada «dunyoning eng kuchli odami» deya qayd etilgan Sinistra koronavirus vaksinasiga qarshi bo‘lib kelgan va Belgiya hukumatini cheklovlar uchun tanqid qilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring