Belarusda 301 nafar tibbiyot xodimiga koronavirus yuqqan

Belarusda 301 nafar tibbiyot xodimida koronavirus aniqlandi, deb xabar berdi «TUT.by».
Sog‘liqni saqlash xodimlarining aksariyatida kasallik alomatlarsiz o‘tyapti, ularning hech biri sun’iy nafas berish qurilmalariga ulanmagan.
Belarus sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumot berishicha, mamlakatda koronavirus pandemiyasi boshlanganidan beri 2226 ta yuqtirish holati qayd etildi. Sog‘ayib ketganlar — 172 nafar, vafot etganlar — 23 nafar.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining mamlakatdagi missiyasi rahbari kasallar soni keskin oshishi mumkinligidan ogohlantirdi, chunki Belarusda koronavirus rivojlanishning yangi bosqichiga chiqdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter