Belarus armiyasida koronavirusga chalingan ilk harbiy aniqlandi
Belarus armiyasida koronavirusga chalinishning ilk holati qayd etildi. Bu haqda mudofaa vaziri Natalya Gavrusik xabar berib o‘tgan.
Vazirning ma’lum qilishicha, kasallanish holati 72-sonli praporshiklar va kichik mutaxassislar tayyorlash o‘quv markazida ro‘y bergan. Koronavirusga chalingan harbiy avvaliga pnevmoniya bilan kasalxonaga yotqizilgan va keyinchalik unda koronavirus aniqlangan.
Ayni vaqtda bemor Minsk shahridagi harbiy shifoxonada bo‘lib turibdi. Uning xizmatdoshlari esa karantinga olingan. Eslatib o‘tamiz, ayni vaqtga qadar Belarusda 4204 kishi koronavirusga chalingani xabar qilingan. Ammo mamlakatda ommaviy karantin choralari ko‘rilmagan va hatto sport musobaqalari ham davom etmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter