Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Bavariya» 24 soat ichida 100 mingta niqob sotdi

«Bavariya» 24 soat ichida 100 mingta niqob sotdi

Foto: «REUTERS»

Germaniyaning «Bavariya» futbol klubi o‘zining rasmiy sayti orqali 24 soat ichida klub ramzi tushirilgan 100 mingta niqob sotganini ma’lum qildi.

«Juda katta talab tufayli kelib chiqayotgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. Chunki hozirgi vaqtda yetkazib berish muddati odatdagidan sal cho‘zilib ketishi mumkin», — deyiladi xabarda.

Niqoblarni sotishdan tushgan barcha mablag‘lar koronavirusga qarshi kurashayotgan tashkilotlarga yuboriladi.

Robert Kox instituti ma’lumotiga ko‘ra, Germaniyada 152 438 kishi koronavirusga chalingan, 5,5 ming kishi vafot etgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring