BAAdan 271 nafar hamyurtimiz olib kelindi

3-iyun kuni mahalliy vaqat bilan soat 23:50 da Uzbekistan airways aviakompaniyasining Boeing 787-8 Dreamliner samolyoti Toshkent xalqaro aeroportiga kelib qo‘ndi.
Xorijiy davlatlarda og‘ir ahvolda qolgan fuqarolarni Vatanga olib kelish bo‘yicha tasdiqlangan charter reyslar jadvaliga muvofiq BAA ga amalga oshirilgan reys bilan 271 nafar hamyurtlarimiz O‘zbekistonga olib kelindi.
O‘zbekistonga qaytgan barcha fuqarolar belgilangan tartibda 14 kundan kam bo‘lmagan muddatga karantin markaziga joylashtiriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter