Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident qarori: Aholining eng zarur tovarlarga bo‘lgan ehtiyoji ta’minlanadi

Prezident qarori: Aholining  eng zarur tovarlarga bo‘lgan ehtiyoji ta’minlanadi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Aholining dori vositalari, tibbiy buyumlar, tibbiy texnika va eng zarur tovarlarga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida Prezident qarori qabul qilindi.

Unga ko‘ra:

  • Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kuchaytirilgan tartibning amal qilish davrida Sog‘liqni saqlash vazirligi va Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi tomonidan taqdim etilgan ro‘yxat bo‘yicha bojxona chegarasi orqali o‘tkazilayotgan zarur dori vositalari, tibbiy buyumlar, tibbiy texnika, ularni ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan xomashyo, materiallar va substansiyalarga nisbatan bojxona bojlari undirilmasligi; 
  • Dori vositalari, tibbiy buyumlar, tibbiy texnika, ularni ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan materiallar va substansiyalar, eng zarur tovarlar narxlari ustidan kunlik monitoring o‘tkazish  ta’minlanib, ularning narxlarini sun’iy oshirish, sun’iy tanqislik va yuqori talabni vujudga keltirishga yo‘l qo‘ymaslik ustidan qat’iy nazorat o‘rnatish belgilandi.

O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasiga:

  • Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 25-fevraldagi «Tayyor dori vositalarining importini tartibga solish to‘g‘risida»gi 49-son qarori bilan tasdiqlangan import qilishda qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha imtiyoz tatbiq etilmaydigan dori vositalari va tibbiy buyumlar ro‘yxatiga kiradigan ayrim tayyor dori vositalari va tibbiy buyumlarga uch oygacha bo‘lgan muddatga qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha imtiyoz amal qilishi to‘g‘risida qaror qabul qilish;
  • ayrim turdagi eng zarur tovarlar ro‘yxatini shakllantirish va ularni import qilishda uch oygacha bo‘lgan muddatga bojxona boji va aksiz solig‘i stavkalarini 0 foizgacha kamaytirish huquqlari berildi.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring