Ayollarda COVID-19ning yangi asoratlari aniqlandi
Koronavirus bilan kasallangan britaniyalik ayollar bevaqt menopauzadan shikoyat qilishmoqda. Hayz davri buzilishi butun dunyoda COVID-19ga chalingan ayollarda qayd etilgan, deya xabar berdi «Daily Mail».
Bu haqda «Facebook»da koronavirusga chalingan bemorlar uyushmalaridan birining asoschisi Kler Xasti ma’lum qildi.
Ba’zilarda COVID-19ning uzoq muddatli alomatlari hayz paytida zo‘raygan, deya ta’kidladi Xasti.
Shifokor-terapevt Luiza Nyusonning so‘zlariga ko‘ra, charchoq, bosh aylanishi va ong chalkashligi kabi uzoq muddatli koronavirus alomatlari menopauzaga ham xos. Bu holatlar o‘rtasidagi bog‘liqlikdan darak berishi mumkin.
«Uzoq muddatli COVID-19 bilan kasallangan odamlarning eng keng tarqalgan guruhi 50 yoshdagi odamlardir, shuning uchun menopauza ularning alomatlari bo‘lishi mumkin», — deb tushuntirdi Nyuson.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter