Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AstraZeneca bilan tromboz o‘rtasidagi bog‘liqlik tasdiqlandi

AstraZeneca bilan tromboz o‘rtasidagi bog‘liqlik tasdiqlandi

Foto: «Fbm.ru»

Yevropa dori agentligi AstraZeneca vaksinasini qabul qilish bilan tromboz holatlari o‘rtasidagi bog‘liqlikni tasdiqladi. Bu haqda Yevropa dori vositalari agentligi vakili Marko Kavaleri Italiyaning Il Messaggero gazetasiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Kavalerining aytishicha, mutaxassislar hanuzgacha shved-ingliz dori vositasini qabul qilish bilan bog‘liq holatlarni o‘rganishda davom etmoqdalar. Ushbu tekshiruvlar AstraZeneca vaksinasi bilan emlanganidan keyin o‘lim haqidagi xabarlardan so‘ng boshlandi — qurbonlarda tromboz belgilari paydo bo‘lgan.

«Mening fikrimcha, hozirdanoq biz ishonch bilan aytishimiz mumkin: tromboz holati kelib chiqishida emlash bilan bog‘liqlik mavjud. Ammo bunday reaksiyaga nima sabab bo‘ladi, biz hali buni to‘liq bilmaymiz», — deydi Yevropa dori vositalari agentligi vakili Marko Kavaleri.

Kavalerining ta’kidlashicha, Yevropa dori agentligi bu hafta AstraZeneca vaksinasi xavfsizligi bo‘yicha dastlabki xulosalarni taqdim etadi. Shu bilan birga, regulyator hali ham ushbu preparatni qabul qilish uchun yosh cheklovlari bo‘yicha tavsiyalar berishni o‘z zimmasiga olmaydi — bir qator shtatlarda faqat keksa odamlar uchun foydalanishga ruxsat beriladi.

Kavalerining so‘zlariga ko‘ra, mutaxassislar har qanday holatda ham vaksinaning zararli tomoni foydasidan ancha past darajada ekanliklariga ishonadilar.

Rasmiy bilan intervyu nashr etilgandan so‘ng Italiya sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari Perpaolo Sileri baribir AstraZeneca bilan emlash tavsiya etilgan fuqarolar toifalarini Yevropa agentligi belgilashini aytib o‘tgan.

Britaniya tibbiyot agentligi Birlashgan Qirollik ma’murlari YeMA vakili bayonotiga qaramay, mamlakat aholisini AstraZeneca vaksinasi bilan emlashni davom ettirishi kerakligini ta’kidlamoqda.

Avvalroq vaksinaga nisbatan aholi o‘rtasida ishonchsizlik tobora avj olib borayotganligi sababli nomini o‘zgartirishga qaror qilingan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring