Armaniston prezidenti koronavirusga chalindi
Londonda operatsiyani boshidan o‘tkazgan Armaniston rahbari Armen Sarkisyanda koronavirus aniqlandi, u izolyasiyaga olindi, deya xabar berdi prezident ma’muriyati.
«Prezident mehnat ta’tili doirasida Londonda yangi yilni oilasi va nabiralari bilan kutib olgan. 3- yanvar kuni Sarkisyanning oyog‘i operatsiya qilindi. Jarrohlik muolajasi muvaffaqiyatli o‘tdi. Ammo davlat rahbarida yangi turdagi koronavirus alomatlari paydo bo‘ldi. Uning virusga topshirgan test natijalari musbat chiqdi», — deya ma’lum qildi manba.
Ta’kidlanishicha, Sarkisyan izolyasiya olingan. U vaqtincha o‘z ishini masofaviy tartibda davom ettiradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter