AQShdan O‘zbekistonga 3 million doza Moderna vaksinasi keltiriladi
29-iyul kuni O‘zbekistonga AQShdan 3 million doza vaksina keladi. AQSh COVAX dasturi doirasida 3 million doza Moderna kompaniyasining koronavirusga qarshi vaksinasini beg‘araz yordam sifatida ajratdi.
Moderna Jahon vaksinalar kongressi tomonidan koronavirusga qarshi eng yaxshi vaksina deb topilgan. Ushbu preparatning samaradorligi 94 foizdan yuqori, emlash kursi bir oy oralig‘ida qo‘llaniladigan 2 dozadan iborat.
Moderna vaksinasini boshqa preparatlardan farqli o‘laroq oddiy sovutgichda saqlash mumkin, bu uni keyinchalik O‘zbekistonning barcha hududlariga tarqatilishini osonlashtiradi.
Eslatib o‘tamiz, prezident Shavkat Mirziyoyev videoselektor yig‘ilishida xalqqa murojaat qilib aholini emlanishga chaqirgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter