AQShda koronavirus qurbonlari soni 700 ming nafardan oshdi
Jons Hopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, AQShda koronavirus pandemiyasi davrida vafot etganlar soni 700 ming nafardan oshdi.
Qo‘shma Shtatlarda koronavirusga chalinish holatlari soni 43 615 149 taga yetgan, kasallikdan vafot etganlar soni — 700 258 nafar.
Sentyabr oyida AQShda kasallanishlar soni ko‘payishni boshladi. Sutkasiga o‘rtacha 120 mingta kasallanish holati aniqlanmoqda. Bu dunyodagi eng yuqori ko‘rsatkich. Kasallanishlar jami soni bo‘yicha Hindiston — ikkinchi, Braziliya — uchinchi mamlakat bo‘lib turibdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter