Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Antitanacha hosil bo‘lishi uchun koronavirusga chalinish shart emas

Antitanacha hosil bo‘lishi uchun koronavirusga chalinish shart emas

Foto: «Forumdaily.com»

Britaniyalik olimlar o‘tkazgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, koronavirusga antitanacha avval COVID-19 bilan og‘rimagan bemorlarda ham kelib chiqishi mumkin. Bu haqda «Science» portali xabar berdi.

Qayd etilishicha, mutaxassislar 300 kishining tahlil namunalarini o‘rganishgan. Natijada ularning 5 foizida koronavirusga antitanacha aniqlangan. Mutaxassislarning fikricha, antitanacha boshqa «qarindosh virus»ni yuqtirgandan so‘ng paydo bo‘lgan.

«Olimlarning ta’kidlashicha, shu tarzda ba’zi odamlar avval o‘zlashtirilgan immunitetga ega bo‘lishi mumkin. Biroq ushbu immun himoyaning samaradorligi hali isbotlanganicha yo‘q», — deb yozadi portal.

Shunga qaramay, tajriba shuni ko‘rsatdiki, koronavirusga ega bo‘lmagan odamlarning qonida topilgan antitanacha yangi infeksiyani yenggan sobiq bemorlarning tahlillaridan olinganidan farq qiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring