Amerikadagi qariyalar uyidan 17 ta murda chiqdi
Amerikaning Nyu-Jersi shtati politsiyasi qariyalar uyida 17 ta murdani topdi. Bu haqda «The New York Times» xabar bergan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 13-aprel kuni politsiyaga Andover hududidagi eng katta qariyalar uyidan anonim qo‘ng‘iroq bo‘lib, bir odam koronavirus tufayli vafot etgani xabar qilinadi. Politsiya muassasa qoshidagi to‘rt kishiga mo‘ljallangan kichkina o‘likxonadan 17 kishining murdasini topadi. Bundan barcha hayratga tushishadi. Murdalar mobil refrijeratorda olib chiqiladi.
Hozircha qariyalar uyi rahbariyati bilan bog‘lanishning iloji bo‘lmagan. U yerda epidemiya boshlangandan beri 68 kishi hayotdan ko‘z yumgan. Ulardan 26 nafarida koronavirus aniqlangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter