«Ahmadboy ishi»ni ko‘rgan sudya koronavirusdan vafot etdi
Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyat sudi sudyasi Xayriddin Shermuhamedov koronavirusdan vafot etdi. Bu haqda «Kun.uz» xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, Toshkent viloyat sudi sudyasi 31-iyul kuni vafot etgan. U koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan va kasalxonada davolanayotgan bo‘lgan.
Hozircha uning vafoti Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan rasmiy statistikada qayd etilgani yo‘q.
Ma’lumot uchun, X.Shermuhamedov «Ahmadboy ishi»ni ko‘rgan va 2020-yilning fevralida unga O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi «a, v» bandlari (eski tahrirdagi) bilan 9 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangani haqida hukmni e’lon qilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter