Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

6-apreldan «o‘zini yakkalash» hayot tarzi majburiy ravishda joriy etiladi

6-apreldan «o‘zini yakkalash» hayot tarzi majburiy ravishda joriy etiladi

Foto: Xabar.uz

Koronavirus kasalligiga qarshi kurashish respublika maxsus komissiyasining navbatdagi axboroti e’lon qilindi.

Mamlakatimizda aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta’minlash va koronavirus kasalligini respublika hududi bo‘ylab tarqalishini oldini olish hamda nazoratdan chiqarmaslikni ta’minlash maqsadida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, joriy yil 4-aprel sanasida O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasining navbatdagi yig‘ilishida bu yo‘nalishda quyidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar belgilandi.

Joriy yil 6-apreldan e’tiboran quyidagilarni nazarda tutgan holda «o‘zini yakkalash» hayot tarzi Nukus va Toshkent shaharlari hamda viloyatlar markazlarida majburiy ravishda joriy etiladi:

  • shaxsning o‘zining yashash hududidagi savdo nuqtalarida birinchi galdagi hayotiy zarur bo‘lgan ehtiyojlari (oziq-ovqat, dori-darmon, tibbiy buyum va vositalarni xarid qilish va b.) uchun va shifokor ko‘rigiga murojaat etishdan boshqa maqsadlarda chiqishi qat’iyan cheklanadi, ish joyiga borishi va kelishi bilan bog‘liq holatlar bundan mustasno;
  • harakatlanishda hamda savdo do‘konlari va boshqa joylarda 2 metrlik ijtimoiy masofani saqlash talab etiladi;
  • 65 yoshdan yuqori yoshda bo‘lgan va surunkali kasalligi bo‘lgan fuqarolar o‘z uylaridan o‘ta zaruratsiz tashqariga chiqishi qat’iyan man etiladi.

Ushbu talablarni buzgan shaxslar qonunchilikka muvofiq tegishli javobgarlikka tortilishi mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring