20 dan ortiq odamga koronavirus yuqtirgan ispan hibsga olindi

Ispaniyaning Mayorka shahrida bila turib 22 nafardan ortiq odamga koronavirus yuqtirgan 40 yoshli erkak hujum qilishda ayblanib hibsga olindi. Bu haqda BBC News xabar bermoqda.
Ispaniya politsiyasi bayonotiga ko‘ra, u PZR testini topshirgan kunning ertasiga alomatlar paydo bo‘lishiga qaramay ishga chiqqan. Hamkasblari uyga ketishini so‘rasa ham, rad etgan.
Aytishlaricha, 40 tana harorati darajadan yuqori bo‘lishiga va yo‘talishiga ham qaramay, ishxonasiga va sport zaliga qatnashda davom etgan. U ishga kelgan, niqobini yechgan, yo‘talgan va hamkasblariga infeksiya yuqtirishini aytgan.
Sportzalga qatnovchilardan besh nafarida sal keyinroq COVID-19ga topshirgan test natijasi musbat chiqqan. Yana 14 kishi, kasallik yuqtirganlarning oila a’zolari ham koronavirusga chalinishgan. Ular orasida uch nafar bir yoshli go‘daklar ham bor.
Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, odamlarning hech qaysisi jiddiy og‘rib qolishmagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter