Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

+193. Uch hududda yangi bemorlar aniqlandi

+193. Uch hududda yangi bemorlar aniqlandi

2020-yil 24-iyul soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 19 179 (+193) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 106 nafari Toshkent shahrida, 52 nafari Qashqadaryo viloyatida hamda 35 nafari Andijon viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

E’tiborli jihati, bugun ayni paytga qadar Andijon viloyatida 45 nafar, Navoiy viloyatida 9 nafar, jami 54 nafar bemor tuzaldi.

Shunday qilib, yurtimizda 10 203 (+54) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (53 foiz) sog‘aygan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring