18-maydan Gretsiya bo‘ylab harakatlanishga ruxsat berildi
Gretsiya hukumati rasmiy vakili Stelios Petsas 18-maydan boshlab fuqarolar butun mamlakat bo‘ylab harakatlanishlariga ruxsat etilgani, jumladan, Krit oroliga borish ham mumkinligini ma’lum qildi.
Mamlakatda odamlarning uylaridan chiqishlariga 4-maydan ruxsat berilgan, biroq yashash hududlarini tark etmasliklari lozim edi. Orollardan qit’aga kelish esa butunlay man etilgandi.
Yunon yurtida 18-maydan hayvonot bog‘lari va botanika bog‘lari ochilishi, kinofilmlarni suratga olish ishlari yanada davom ettirilishi ma’lum qilingan.
Qaysidir ma’noda koronavirus «Gretsiyani ayadi» deyish ham mumkin: «Worldometer» ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda koronavirusni yuqtirganlar soni 2 770 nafarga yetgan — bu Yevropadagi aksariyat mamlakatlardagiga solishtirganda ancha oz. Bemorlarning teng yarmi sog‘aygan — 1 374 nafar, qurbonlar soni esa virusni yuqtirganlar soniga qiyoslanganda birmuncha ko‘p — 156 nafar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter