+172. Uch hududda infeksiya yuqtirganlar qayd etildi
2020-yil 23-avgust soat 18:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 38 870 (+172) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining 137 nafari Toshkent shahrida, 33 nafari Toshkent viloyatida hamda 2 nafari Andijon viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shu bilan birga, Mirzo Ulug‘bek tumanida yashagan 46 yoshli B.A. (erkak) hamda Shayxontohur tumanida yashagan 41 yoshli Sh.D. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
E’tiborli jihati, bugun ayni paytga qadar Toshkent shahrida 167 nafar, Toshkent viloyatida 104 nafar, Samarqand viloyatida 32 nafar, Andijon viloyatida 5 nafar, Namangan viloyatida ham 5 nafar, Sirdaryo viloyatida 3 nafar hamda Qashqadaryo viloyatida 2 nafar, jami 318 nafar bemor tuzaldi.
Shunday qilib yurtimizda 34 894 (+318) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (89 foiz) sog‘aygan.
Hozirda mamlakatimizda 3 705 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter