Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

15-oktyabrdan karantin choralari yana qattiq kuchaytiriladimi?

15-oktyabrdan karantin choralari yana qattiq kuchaytiriladimi?

Foto: «Xabar.uz»

AOKAda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Nurmat Otabekov ishtirokida brifing o‘tkazildi. Brifingda aholidan kelgan murojaat va savollarga javob qaytarildi.

15-oktyabrdan karanin choralari yana qattiq kuchaytirilishi rostmi, degan savolga mutasaddi quyidagicha javob qaytardi:

— Avvalo shuni ta’kidlash kerakki respublikamizda hali karantin choralari bekor qilinmagan, balki yumshatilgan.

Ammo fuqarolarning noto‘g‘ri tushunganliklari natijasida aholi orasida  koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni kamaymayotganligi sir emas.

Bir narsani unutmaslik kerak «men, sen, ular» deyilganidek, karantin tadbirlari kuchaytirilishi va yumshatilishi bizning xatti-harakatlarimizga bog‘liq, agar biz karantin va cheklov tadbirlarini mensinmas ekanmiz, profilaktik tadbirlarni unutib qo‘yarkanmiz, mutaxassis shifokorlarning tavsiyalariga rioya etmas ekanmiz, u holda kasallik ko‘payib ketishiga va Respublika Maxsus komissiyasini karantin choralari kuchaytirish to‘g‘risida qaror qabul qilishga majbur qilamiz.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring