Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

109 939 ta holat! JSST Qozog‘istonning koronavirus va pnevmoniya bemorlari statistikasini birlashtirdi

109 939 ta holat! JSST Qozog‘istonning koronavirus va pnevmoniya bemorlari statistikasini birlashtirdi

Foto: «Zakon.kz»

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) o‘z saytida Qozog‘istondagi manfiy PSR-tashxisli pnevmoniya va COVID-19 holatlari statistikasini birlashtirdi, deb xabar berdi «Zakon.kz».

Ayni paytga kelib kechagi sana ma’lumotlari yangilangan jadvaldan o‘rin olmagan. Saytda aks etgan ma’lumotda Qozog‘istonda kasallangan jami soni 105,5 ming nafarga yetgani ko‘rsatilgan.

Qozog‘iston idoralararo komissiyasining 2020-yil 7-avgustidagi ma’lumotida bir sutkada 907 nafar koronavirus bemori hamda 1102 nafar kovidsimon pnevmoniya bemori qayd etilgani aytiladi.

Shu tariqa mamlakatda har ikki kasallikka chalinganlar umumiy soni 109 939 nafarga yetgan.

JSST ma’lumotiga ko‘ra, Qozog‘istonda bir hafta davomida 316 nafar bemor koronavirusdan vafot etgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring