Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

10-yanvar kuni qancha odam koronavirus yuqtirgani ochiqlandi

10-yanvar kuni qancha odam koronavirus yuqtirgani ochiqlandi

2022-yil 10-yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 201155 (+425) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV xabar berdi. 

Yangi kasallanish holatlarining:

2 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
15 nafari Andijon viloyatida,
8 nafari Buxoro viloyatida,
21 nafari Jizzax viloyatida,
20 nafari Qashqadaryo viloyatida,
3 nafari Navoiy viloyatida,
6 nafari Namangan viloyatida,
47 nafari Samarqand viloyatida,
7 nafari Sirdaryo viloyatida,
8 nafari Farg‘ona viloyatida,
22 nafari Xorazm viloyatida,
43 nafari Toshkent viloyatida,
223 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shuningdek, 4 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1501 nafarni tashkil qildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring