Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

1-maydan tashqi savdoga vaqtinchalik cheklovlar joriy etiladi

1-maydan tashqi savdoga vaqtinchalik cheklovlar joriy etiladi

Bu pandemiyaning iqtisodiy oqibatlaridan kelib chiqib Hukumat tomonidan ko‘rilgan chora-tadbirlar jumlasidandir (23.04.2020 yildagi 247-son VMQga qarang), deb xabar bermoqda «Norma».

2020-yil 1-maydan 31-dekabrgacha bo‘lgan davrda quyidagilar vaqtinchalik to‘xtatiladi:

a) tibbiyot buyumlarini ishlab chiqarish uchun xom ashyo eksporti:

  • SMS noto‘qima materiali (TIF TN kodi 5603121000);
  • «Spanbond» noto‘qima materiali (5603119000 va 5603919000);
  • «Meltblaun» noto‘qima materiali (5603129000 va 5911400000);

b) import bo‘yicha sement mahsulotini olib kirish (2523210000 va 2523290000). 

Qarorning qabul qilinishi ko‘pgina qurilish ob’yektlarida ishlar to‘xtatilganligi sababli sementga bo‘lgan talab keskin tushib ketganligi, shuningdek tibbiy buyumlarga bo‘lgan ichki ehtiyojni ta’minlash zarurati bilan bog‘liqdir. Tashqi va ichki bozordagi kon’yunkturadan, mamlakatimizda pandemiya tarqalishi jarayonidan kelib chiqqan holda, vakolatli organlar joriy etilayotgan cheklovlarni muddatidan oldin bekor qilish taklifini bildirishlari mumkin.

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasiga tegishli idoralar bilan birgalikda ichki bozorda sement mahsuloti va tibbiyot buyumlari ishlab chiqarish uchun xom ashyo narxining sun’iy ravishda oshirilishiga yo‘l qo‘ymaslik borasida qat’iy nazorat o‘rnatish topshirildi.

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida 23.04.2020-yilda e’lon qilingan.  

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring