Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

JCh-2022. Marokash 3-o‘rin uchun bahsda Xorvatiyaga mag‘lub bo‘ldi

JCh-2022. Marokash 3-o‘rin uchun bahsda Xorvatiyaga mag‘lub bo‘ldi

Qatarda bo‘lib o‘tayotgan jahon chempionatining 3-o‘rin uchun kechgan bahsida Marokash va Xorvatiya maydonga tushdi.

Uchrashuvda uchta gol kiritildi. Shundan ikkitasini xorvatlar chiroyli tarzda amalga oshirishdi va g‘alabani o‘z tomoniga og‘dira olishdi. Dastlab, jarima to‘pidagi chiroyli kombinatsiyani Gvardiol bosh bilan zarba yo‘llab golga aylantirgan bo‘lsa, Marokash ham Darining goli bilan darhol javob qaytardi.

Birinchi bo‘lim oxirlarida Orshich aylanma zarbasi bilan g‘alaba golini kiritdi.

Xorvatiya chempionatning bronza medali sohibi bo‘ldi.

JCh-2022. Xorvatiya – Marokash 2:1

Gollar: Yoshko Gvardiol (Ivan Perishich) 7’, Ashraf Dari 9’, Mislav Orshich (Marko Livaya) 42’

Xorvatiya – Livakovich, Stanishich, Shutalo, Gvardiol, Perishich, Modrich, Kovachich, Mayer (Pashalich, 66), Kramarich (Vlashich, 61), Orshich, Livaya (Petkovich, 66).

Marokash – Bunu, Hakimi, Al-Yamiq (Amalla, 67), Ashraf Dari (Banun, 64), Attiyyat-Alla, Amrabat, Sobiri (Shoir, 46), Al-Xannus (Unai, 56), Ziyosh, Bufal (Zaruri, 64), An-Nosiri.

Eslatib o‘tamiz, JCh-2022 finali ertaga 20:00da Argentina va Fransiya o‘rtasida kechadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring